Rossiyada o‘smirlar ijtimoiy tarmoq uchun keksa ayolni ataylab yiqitdi (video)

1 daqiqa o'qish1
Rossiyada o‘smirlar ijtimoiy tarmoq uchun keksa ayolni ataylab yiqitdi (video)

Rossiyaning Amur viloyatidagi Urusha posyolkasida uch nafar o‘smir ijtimoiy tarmoqqa joylash uchun video tayyorlash maqsadida 63 yoshli ayolga hujum qilgan. Ulardan biri hassaga tayanib ketayotgan ayolning orqasiga tepgan, qolganlari esa voqeani tasvirga olgan.

Amur viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, hodisa 2026 yil 3 noyabr kuni soat 19:00 atrofida Skovorodino okrugiga qarashli Urusha posyolkasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 13 va 14 yoshli ikki o‘smir hamda 15 yoshli qiz oldindan kelishib, ayolga zarba berishga qaror qilgan.

Kelishuvga muvofiq, o‘smirlardan biri ayolning orqasiga tepgan. Zarba oqibatida u yiqilib tushgan. 15 yoshli qiz esa sodir bo‘lgan voqeani mobil telefoniga tasvirga olgan. Videoda atrofdagilarning kulgisi ham eshitiladi.

Hodisa aks etgan video 11 noyabr kuni internetda tarqalganidan so‘ng huquq-tartibot idoralari tekshiruv boshlagan. Politsiya voqeaga aloqador uch nafar o‘smirni aniqlagan. Jabrlanuvchi 1963 yilda tug‘ilgan, doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan ayol ekani ma’lum bo‘lgan.

O‘smirlarning ota-onalari voyaga yetmagan farzandlarini tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bolalar va ularning ota-onalari bilan profilaktik ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, viloyat prokuraturasi holat yuzasidan tekshiruv boshlagan.

Ma’lum qilinishicha, ayol voqeadan keyin tibbiyot muassasasiga yoki politsiyaga murojaat qilmagan. Huquq-tartibot idoralari tekshiruv yakunlariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishini bildirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?