Xitoyda soch to‘kilishiga qarshi elektron taroq yaratildi

1 daqiqa o'qish9
Xitoyda soch to‘kilishiga qarshi elektron taroq yaratildi

Xitoyning Beihang universiteti olimlari soch to‘kilishiga qarshi kurashish va uning qayta o‘sishini rag‘batlantirishga mo‘ljallangan «Detangle» nomli elektron taroqni ishlab chiqdi. Dastlabki tajribalarda qurilma sichqonlarda ijobiy natija ko‘rsatgan.

Taroqning tishlari turli balandlikdagi elektrodlar va maxsus moddalarni yetkazib beruvchi kichik rezervuarlar bilan jihozlangan. Qurilma soch taralayotganda elektr impulslarini hosil qiladi. Bu impulslar maxsus molekulalarning soch follikulalari joylashgan chuqur qatlamlarga yetib borishiga yordam beradi.

Tadqiqotchilar buning uchun ikki xil biologik moddadan foydalangan. Ulardan biri soch ildizlari atrofida yangi qon tomirlari hosil bo‘lishini rag‘batlantirsa, ikkinchisi soch to‘kilishiga aloqador gormonal jarayonni susaytirishga qaratilgan.

Sichqonlarda o‘tkazilgan 28 kunlik tajribada «Detangle» yordamida davolangan teri maydonining qariyb 98 foizida soch qayta o‘sgan. Taqqoslash uchun, an’anaviy usulda qo‘llangan minoksidil bilan davolangan hayvonlarda bu ko‘rsatkich taxminan 70 foizni tashkil etgan. Tadqiqot natijalari 3 noyabr kuni «Nature Communications» ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

Shu bilan birga, yangi qurilma hozircha faqat laboratoriya sharoitida, erkak sichqonlarda sinovdan o‘tkazilgan. Uning insonlarda qanchalik samarali va xavfsiz ishlashi hali aniqlanmagan. Buning uchun qo‘shimcha tadqiqotlar va klinik sinovlar talab etiladi.

Ma’lumot uchun, hozirda soch to‘kilishini davolashda minoksidil, finasterid kabi preparatlar hamda soch ekish usulidan foydalaniladi. Yangi elektron taroq esa hozircha tajriba bosqichidagi ilmiy ishlanma bo‘lib, uni insonlarda qo‘llash mumkinligi haqida xulosa chiqarishga erta.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?