Namanganda 14 ta telefonni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigit ushlandi

Namangan viloyatining Uychi tumanida telefon ustaxonasiga eshik qulfini buzib kirib, 14 ta telefonni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2026 yil 10 noyabr kuni soat 02:30 larda tuman markazidagi telefon ustaxonalaridan birida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs ustaxona eshigining qulfini buzib, ichkariga kirgan va u yerdagi telefonlarni o‘g‘irlashga uringan.
Biroq tungi xizmatda bo‘lgan Qo‘riqlash xizmati tezkor harakatlanuvchi guruhi voqea joyiga yetib kelib, ustaxona ichiga yashiringan shaxsni qo‘lga olgan.
Tekshiruv davomida gumonlanuvchi 2008 yilda tug‘ilgan, Uychi tumanida yashovchi fuqaro ekani aniqlangan. Undan 14 ta telefon qurilmasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…