4 295
Chiroyli makiyajini yashirgani uchun niqob taqishni xohlamagan qiz masalaning yechimini topdi (foto)
Foto: Instagram / @makeupxasena
Karantin qoidalariga har qanday yo‘l bilan amal qilayotgan insonlar orasida bir qancha qiziqarli voqealar sodir bo‘lmoqda. Masalan, hamisha o‘ziga oro berib yuruvchi qizlardan biri tibbiy niqobdan foydalanishni umuman xohlamaydi. Sababi yuzning ko‘p qismini egallovchi niqob tufayli uning chiroyli makiyaji ko‘rinmay qolgandi. Ammo uddaburon qiz masalaning yechimini topdi.
Ehtimol, u niqobdan voz kechgan, degan fikr kelishi mumkin. Qaltis vaziyatda buning sira ham iloji yo‘q. Lekin u hech kimning xayoliga kelmagan pardozni amalga oshirdi.
Foto: Instagram / @makeupxasena
U niqob ostida yashirinishga majbur bo‘lgan yonoq, burun va lablarni niqob yuzasiga ko‘chirishga qaror qildi. Buning uchun kosmetik vositalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri niqob ustida qo‘lladi.
Foto: Instagram / @makeupxasena
Ishni avval niqobga tonal krem surtishdan boshladi. Yuz va niqob rangi bir xil bo‘lganidan so‘ng burun va yonoqlarga ishlov berdi. Yuz va niqob chegarasini bir xil qilish ustida uzoq vaqt ter to‘kdi. Burun shaklini chiqarish uchun ham bir qancha vositalar ishlatildi. Nihoyat, navbat niqobdagi lab shaklini bo‘yashga keldi.
Foto: Instagram / @makeupxasena
Mana natija! Qiz o‘zi istagan ko‘rinishda yuqumli kasallikdan himoyada. U qoidalarga rioya qilib, chiroyini yashirmagan holda o‘zini kasallikdan asramoqda.
Foto: Instagram / @makeupxasena “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi