23:05 / 02.11.2020
1 893

Avstraliyada har 25 mln tadan bittasida uchraydigan uchta sarig‘i bor tuxum topildi

Avstraliyada har 25 mln tadan bittasida uchraydigan uchta sarig‘i bor tuxum topildi
Foto: ABC News
Avstraliyada uchta sarig‘i bor kamyob tuxum topildi, deb xabar beradi ABC News.

Ushbu tuxumni Janubiy Avstraliya shtatidagi fermada yashagan tovuq tug‘gan. «Odatdagi kunlardan biri edi, men ulkan tuxumni olib, uyga keldim, chaqdim — ichidan uchta sarig‘i chiqdi. Bundan juda hayratga tushdim», — deydi ferma egasining 14 yoshli o‘g‘li. U tuxumlarni qovurib yegan. Yigitchaning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi kamyob tuxum mazasi bo‘yicha oddiy tuxumlardan farq qilmagan.

Sidney universitetidan bo‘lgan parrandachilik bo‘yicha mutaxassis Sonya Lyu tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, har 25 millionta tovuq tuxumining bittasidagina uchta sariq uchrashi mumkin. Uning ta’kidlashicha, tovuq uchun tuxumni tug‘ish oson kechmagan. «Buni xuddi odamlar yirik farzandni dunyoga keltirishi bilan qiyoslash mumkin», — deydi Lyu.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda qirg‘izistonlik fuqaro bozordan sotib olgan tuxum rezina bo‘lib chiqqan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada har 25 mln tadan bittasida uchraydigan uchta sarig‘i bor tuxum topildi