Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp prezident saylovlaridagi ovoz berish bilan bog‘liq sud taftishlari kutilayotgan natijani bermasa, saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olishga rozi bo‘ladi. Bu haqda Fox News telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Hozirda hisob-kitoblar Bayden g‘alaba qozonganini ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, Tramp saylovlarda yetakchilik qilayotganini ta’kidlamoqda.
Telekanalning xabar berishicha, Tramp sud taftishlari yakunlariga ko‘ra g‘alaba qozonishiga imkoniyat yo‘qligi ayon bo‘lsa, prezident kursisini raqibiga bo‘shatib berishga tayyor. The New York nashrining amaldagi prezident yordamchilariga tayanib xabar berishicha, prezident o‘z raqibi Jo Baydenning g‘alabasini yaqin orada tan olmoqchi emas.
Bir qator yetakchi OAV prognozlariga ko‘ra, Bayden g‘alaba uchun zarur bo‘lgan ovozlarni to‘plab bo‘ldi. Biroq Tramp g‘alaba qozonganini va saylovlarda “yomon ishlar” yuz bergani, jumladan ovozlar qayta ishlangan ba’zi joylarga kuzatuvchilar kiritilmaganini ta’kidlamoqda.
Xususan, Tramp saylovoldi shtabi va Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi Arizona shtatidagi Marikopa okrugi sudiga saylovlar yuzasidan shikoyat arizasi topshirgan. Tramp kampaniyasining bosh maslahatchisi Mett Morganning ta’kidlashicha, okrugda saylovchilar ovozlari noto‘g‘ri hisoblangan.
Avvalroq Trampning shaxsiy advokati Rudi Juliani prezident jamoasi Baydenning Pensilvaniyadagi g‘alabasi bo‘yicha bahslashmoqchiligini ma’lum qilgandi. “Bizni ushbu byulletenlar haqiqiyligini tekshirish huquqidan mahrum etishdi”, deb aytgan Juliani.
Bu orada ko‘plab jahon yetakchilari, jumladan Yevropa davlatlari rahbarlari, Ukraina, Misr va Argentina prezidentlari Baydenga g‘alaba qozongani munosabati bilan tabriknomalar yo‘llashgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)