17:20 / 08.11.2020
2 268

Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi muhim shaharda nazorat o‘rnatilganini ma’lum qildi

Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi muhim shaharda nazorat o‘rnatilganini ma’lum qildi
Foto:«Zerkalo.az»
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakat armiyasi Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahrini o‘z nazoratiga olganini e’lon qildi. Aliyev xalqqa murojaatida bu haqda gapirgan, deya yozdi «Sputnik Ozarbayjon».

«Shusha ozod qilindi. Shusha biznikidir!» - dedi Ozarbayjon rahbari.

Shusha shahri Tog‘li Qorabog‘ markazi Stepanakertdan 10 kilometr janubda joylashgan; shaharni Armaniston bilan bog‘laydigan yo‘l u orqali o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 27 sentabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlarining «Qorabog‘dagi aloqa chizig‘idagi aholi punktlarini o‘qqa tutishiga» javoban «qarshi hujum operatsiyasi» boshlanganini e’lon qildi.

Shundan beri mintaqada qurolli harakatlar avj oldi. Bir necha marta o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar ham vaziyatni yengillata olmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi muhim shaharda nazorat o‘rnatilganini ma’lum qildi