15:00 / 10.11.2020
2 441

Tadqiqot: to‘yib ovqat yemayotgan bolalarning bo‘yi o‘smay qolishi mumkin

Tadqiqot: to‘yib ovqat yemayotgan bolalarning bo‘yi o‘smay qolishi mumkin
Foto: Getty Images
Maktab yoshidagi bolalarning yetarli oziq-moddalar bilan ovqatlanmasligi ularning bo‘yi o‘smay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hatto mamlakatlardagi bolalar bo‘yi o‘rtasida farq 20 santimetrgacha yetgan. Bu haqda The Lanset yozmoqda.

Olimlar butun dunyo bo‘ylab bolalarning bo‘yi va vaznidagi o‘zgarishi ularning ovqatlanish sifati, qanday sharoitda yashayotganini aks ettirishini aytishmoqda.

Tadqiqotchilar 2019 yil Yevropaning shimoli g‘arbiy va markaziy qismi – Niderlandiya (183,3) va Chernogoriyadagi o‘spirinlar dunyodagi eng baland bo‘yli ekanligini aniqladilar. Xuddi shu yilda 19 yoshga to‘lgan eng past bo‘yli yoshlar Janubiy va Janubi Sharqiy Osiyo (160,1 sm), Lotin Amerikasi va Sharqiy Afrikada yashashi aniqlangan.

Tadqiqotda qiziq statistika keltirilgan: 2019 yil Laosda yashagan 19 yoshli o‘g‘il bolalar bo‘yi o‘rtacha 162,8 sm bo‘lib, bu paytda Niderlandiyadagi 13 yoshli bolalar ham xuddi shuncha o‘sib ulgurgan. 19 yoshli Gvatemala, Bangladesh, Nepal va Sharqiy Timorda yashaydigan qizlar bo‘yi (152 sm) 11 yoshli golland qizlari bilan teng bo‘lgan.

So‘nggi 35 yil ichida bolalarning o‘rtacha bo‘yi eng ko‘p Xitoy va Janubiy Koreyada o‘sgan. Buyuk Britaniya 19 yoshli o‘g‘il bolalar o‘sishi bo‘yicha 1985 yilda 28-o‘rinda turgan bo‘lsa, 2019 yilda 39-o‘ringa tushgan.

Eng og‘ir vaznli o‘spirinlar qayerda yashaydi?
Tadqiqotda bolalarning tana vazni ko‘rsatkichi ham ko‘rib chiqilgan. Bu o‘lchov insonning bo‘yi uchun sog‘lom vazn qanday bo‘lishi kerakligini aniqlashga yordam beradi.

Eng og‘ir vaznli yoshlar Tinch okeani orollari, Yaqin Sharq, AQSH va Yangi Zelandiyada ekani aniqlangan. Eng yengil 19 yoshlilar Janubiy Osiyo, Hindiston va Bangladesh kabi mamlakatlarda aniqlangan.

Shuningdek, tana vazni eng past va yuqori bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi farq taxminan 25 kilogrammga tengligi aytilgan. Tadqiqotchilar bolalarning bo‘yi va vaznida genetika muhim rol o‘ynashini tan olsalar-da, butun aholi salomatligida ovqatlanish va atrof-muhit muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlamoqda.

Tadqiqot maktablarda bepul ovqatlanishni tashkil qilishni taklif etadi
Global ovqatlanish siyosati asosan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarga qaratilgan. Ammo tadqiqotchilar katta yoshdagi bolalarning o‘sish uslubiga ko‘proq e’tibor qaratish lozim demoqda. Shuning uchun, tadqiqot mamlakatdagi kam ta’minlangan oilalar uchun to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlariga oziq-ovqat vaucherlari va maktabda bepul sog‘lom ovqatlanishni tashkil qilishni qo‘llab-quvvatlagan.

Ushbu global tahlil birinchi marta maktab yoshidagi o‘spirinlarning o‘sishiga e’tibor qaratdi va hukumatlar bolalarning yaxshi rivojlanishi uchun yetarlicha harakat qilmayotganini aniqladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tadqiqot: to‘yib ovqat yemayotgan bolalarning bo‘yi o‘smay qolishi mumkin