12:46 / 17.11.2020
3 108

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik 58 yoshli erkakning qul qilib ishlatilgani fosh qilindi

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik 58 yoshli erkakning qul qilib ishlatilgani fosh qilindi
Foto: Tengrinews
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi qishloq xo‘jaligi rahbari 58 yoshli o‘zbekistonlik erkakni qul sifatida ishlatib kelgani fosh etildi. Bu haqda Tengrinews xabar qilgan.

«Aqto‘beda qishloq xo‘jaligi rahbarining 58 yoshli o‘zbekistonlik erkakka quldek muomala qilgani, uning hujjatlarini tortib olib, qo‘rqitgani va bir yil davomida maosh to‘lamay ishlatib kelgani aniqlandi va gumonlanuvchi politsiyaga olib kelindi», – degan Tengrinews’ga bergan intervyusida Qozog‘iston IIV axborot xizmati xodimi Kamil Galiyev.

Jabrlanuvchi og‘ilxonada yashagan, qoramol boqqan va chorvachilik xo‘jaligining boshqa ishlari bilan shug‘ullangan.
Nashrning qayd etishicha, holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 128-moddasi (odam savdosi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda o‘zbekistonlik 58 yoshli erkakning qul qilib ishlatilgani fosh qilindi