18:38 / 20.11.2020
3 302

Prokuratura Trampning qizini surishtirishni boshlab yubordi

Prokuratura Trampning qizini surishtirishni boshlab yubordi
Foto: «New York Times»
Nyu-York prokuraturasi AQSHning amaldagi prezidenti Donald Trampning qizi Ivankaga nisbatan tergov harakatlarini boshlab yubordi. Bu haqda 20 noyabr kuni vaziyat bilan yaxshi tanish manbaga tayanib Amerikaning «New York Times» nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Trampga qarshi firibgarlik bo‘yicha ma’muriy ish bilan shug‘ullanayotgan Nyu-York bosh prokurori Letitsiya Jeym «Trump Organization»ga Ivankaga to‘langan gonorar haqidagi hujjatlarni taqdim etish haqidagi so‘rovnomani yubordi.

Amerikaning amaldagi rahbariga qarashli kompaniya ham ushbu masala yuzasidan jinoyat ishini olib borayotgan Manxetten okrugi prokurori Sayrus Vensdan shunga o‘xshash so‘rovnomani olgan.

Nashrning ma’lum qilishicha, sentabrning oxirida Tramp o‘n yil davomida federal daromad solig‘ini to‘lamaganligi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandan so‘ng prokuratura ishga kirishgan. Kompaniya soliq hisobotida uzoq vaqt davomida ziyon ko‘rganligi qayd etilgan.

Umumiy hisobda 2010 yildan 2018 yilgacha Tramp konsalting xizmatlariga sarf qilingan xarajatlar sifatida taxminan 26 million dollarni hisobdan chiqarib tashlagan. Shuning evaziga soliqqa tortiladigan daromadlarini sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan.

Eng qizig‘i, siyosatchining kompaniyasi xizmatlaridan foydalangan maslahatchilaridan biri uning qizi Ivanka ekanligi ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prokuratura Trampning qizini surishtirishni boshlab yubordi