date

Muhammad ismi Buyuk Britaniyada eng ko‘p qo‘yiladigan ismga aylandi

Muhammad ismi Buyuk Britaniyada eng ko‘p qo‘yiladigan ismga aylandi

2014 yilda Buyuk Britaniya qirolligida tug‘ilgan o‘g‘il bola chaqaloqlarga Muhammad ismini qo‘yish ommalashdi va bu ism eng ko‘p qo‘yilgan ismga aylandi. "BabyCentre" tadqiqot markazining yillik hisobotida shunday statistik ko‘rsatkich qayd etilgan.

"BabyCentre" har yili Buyuk Britaniya hududida eng ko‘p qo‘yilgan 100 ismni qayd etib boradi. O‘tgan yili markazning ro‘yxatida Artyom va Sofiya ismlari etakchilik qilgan bo‘lsa, undan oldingi bir necha yil davomida chaqaloqlar ko‘p hollarda Aleksandr va Mariya ismlari bilan nomlanishgan.

"BabyCentre" kompaniyasi sayti rahbari Sara Redshouning ma’lum qilishicha, joriy yilda ota-onalar farzandlari uchun ko‘proq arabcha ismlar tanlashi kuzatilgan. Bu yilda Muhammad ismi o‘tgan yilgi 27-o‘rindan 1-o‘ringacha yuqorilagan, o‘tgan yili 59-o‘rinda bo‘lgan Maryam ismi esa, 35-o‘ringa ko‘tarilgan. Bu yil "yuztalik" ro‘yxatida ilk marta Nur ismi qayd etilgan. Shuningdek, Umar, Ali yoki Ibrohim ismlari ham keng tarqalgan ismlarga aylangan.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Muhammad ismi Buyuk Britaniyada eng ko‘p qo‘yiladigan ismga aylandi