22:56 / 26.11.2020
6 106

O‘lgan beshiktebratar ichidan chiqayotgan uzun qora paypaslagichlarga ega «maxluq» (Video)

O‘lgan beshiktebratar ichidan chiqayotgan uzun qora paypaslagichlarga ega «maxluq» (Video)
Kadr: YouTube
Reddit platformasida uzun qora paypaslagichlari bor noma’lum «maxluq» o‘lgan beshiktebratarning ichidan chiqib kelgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Rolik 24 ming marotabadan ortiq tomosha qilingan va uning ostiga qariyb 2 mingta izoh qoldirilgan.

«Yaxshisi, ‘Qoradagi odamlar’ni chaqiringlar», — deyiladi video izohida. Kadrlardan ko‘rish mumkinki, erkak arraning o‘tmas tarafi bilan o‘lgan beshiktebratarning qornini bosgan. Oradan bir necha soniya o‘tgach hasharotning ichidan ko‘plab ingichka va uzun paypaslagichlar chiqa boshlagan.

«Bu qililon. Ushbu parazitlar ko‘pincha hasharotlar ichida yashaydi. Biroq uning ijarachisi endi o‘lgani sabab ular o‘ziga yangi va xavfsiz joy qidirish maqsadida qochib ketishmoqchi», — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. Uning qolgan izohiga 11 mingdan ortiq layk bosilgan.

«Demak, endi ular o‘rmalab yurib o‘ziga yangi xo‘jayin topadimi? Yoki ochiq havoda shunchaki o‘lib ketadimi?», — deya izoh qoldiradi yana bir foydalanuvchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘lgan beshiktebratar ichidan chiqayotgan uzun qora paypaslagichlarga ega «maxluq» (Video)