Foto: «Yusupovs.com»
2019 yil dekabrda to‘plangan AQSh aholisining qon namunalarini o‘rganish ularning ayrimlari allaqachon yangi virusni yuqtirib olganini ko‘rsatmoqda.
Xitoy hukumati Uxan shahrida sirli pnevmoniya holatining paydo bo‘lishi haqida ilk bor 2019 yil 31 dekabrda rasman e’lon qildi. AQShda birinchi tasdiqlangan COVID-19 holati 2020 yil 20 yanvarda qayd etilgan. O‘shanda Xitoydan kelgan vashingtonlik kishi kasallikka chalingandi.
«Clinical Infectious Diseases» jurnalining yozishicha, AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazida (CDC) qon namunalarini retrospektiv tekshirish o‘tkazildi. Olimlar Amerika Qizil Xoch tashkiloti tomonidan 2019 yil 13 dekabrdan 2020 yil 17 yanvargacha to‘qqizta shtatda to‘plangan 7 mingdan ziyod qon namunalarini tahlil qilishdi.
Buni qarangki, tahlillar 106 ta namunada SARS-CoV-2ga qarshi antitanacha borligini ko‘rsatdi. Ulardan 39 tasi Kaliforniyada, yana 67 tasi Konnektikut, Ayova, Massachusets, Michigan, Rod-Aylend va Viskonsinda topilgan. Qo‘shimcha testlar aniqlangan antitanacha aynan SARS-CoV-2ga xos ekanligini tasdiqladi.
Virusologlarning fikricha, antitanachaning mavjudligi donorlar avval ham virus bilan aloqada bo‘lganligini anglatadi.
Endi tadqiqotchilar bu odamlar bilan bog‘lanib, 2019 yilning oxirida sayohatga chiqqan-chiqmaganligini, COVID-19ga xos alomatlarni boshidan o‘tkazgan-o‘tkazmaganligini aniqlashni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi