Turkiyada o‘zbekistonlik erkak qurolli hujumda gumonlanib hibsga olindi: voqea tafsilotlari

1 daqiqa o'qish0
Turkiyada o‘zbekistonlik erkak qurolli hujumda gumonlanib hibsga olindi: voqea tafsilotlari

Turkiyaning Antaliya shahrida motosiklda kelgan ikki niqobli shaxs avtomobildagi haydovchiga qarata o‘q uzdi. Hodisadan keyin boshlangan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchilar qo‘lga olindi. Ular orasida O‘zbekiston fuqarosi ham bor.

Bu haqda Turkiyaning «Haber Tyurk» nashri xabar berdi.

Haydovchi avtomobildan tushishdan bosh tortgan

Ma’lum qilinishicha, hodisa Antaliya viloyatining Manavgat tumani, Ilija mahallasida sodir bo‘lgan.

A.E.K. ismli fuqaro telefon orqali gaplashish uchun avtomobilini yo‘l chetida to‘xtatgan. Shu payt yuzlariga niqob taqqan ikki kishi motosiklda uning yoniga kelgan va mashinadan tushishni talab qilgan.

Notanish shaxslardan shubhalangan haydovchi avtomobildan tushmaslikka qaror qilgan. U orqaga tezlik bilan harakatlanib, hodisa joyidan qochishga uringan. Biroq motosikldagi shaxslar uning avtomobiliga qarata o‘q uzgan.

Haydovchi zudlik bilan 112 raqami orqali yordam so‘ragan. Xabardan so‘ng voqea joyiga jandarmeriya xodimlari yetib kelgan.

30 ta obyektdagi kameralar yozuvlari tekshirildi

Hujumni sodir etgan shaxslarni aniqlash uchun jandarmeriyaning maxsus guruhi tezkor qidiruv ishlarini boshlagan.

Tergov doirasida hududdagi 30 ta xonadon va savdo obyektiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralarining 72 soatlik videyozuvlari o‘rganilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida hujumga aloqadorlikda gumon qilingan ikki shaxs aniqlanib, qo‘lga olingan. Ularning biri O‘zbekiston fuqarosi ekani ma’lum qilindi.

Gumonlanuvchilar hibsga olindi

Nashr xabar berishicha, ushlangan shaxslarga nisbatan bir nechta jinoiy huquqbuzarlik, jumladan, jamoat xavfsizligiga tahdid solish, mulkka zarar yetkazish, qurol bilan qasddan tan jarohati yetkazishga urinish, haqorat qilish hamda o‘qotar qurollar to‘g‘risidagi qonunni buzish bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilgan.

Sud qarori bilan ikki gumonlanuvchi ham hibsga olingan va Manavgatdagi yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasasiga joylashtirilgan.

Hozircha hujumning aniq sababi va uning ortida qanday maqsad turgani haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Shuningdek, gumonlanuvchilarning aybdorligi sudda uzil-kesil isbotlanishi kerak.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?