Foto: RT
Germaniyaning Valdsolms okrugida yashagan Renata Vedel vafotidan keyin qo‘shnilariga 6,2 million yevroni vasiyat qilib ketdi. Bu haqda mahalliy hokimlik saytida xabar berilgan.
Meros bankdagi hisob, aksiyalar, qimmatbaho buyumlar, uy va mol-mulkdan iborat.
Mahalliy hokimlik rahbarining aytishicha, dastlab vasiyat qilingan summa miqdoriga ishonmagan. «Avvaliga raqamlar orasida tinish belgisi tushib qolgan deb o‘yladim», dedi u.
Qo‘shimcha qilishicha, mablag‘ jamoat ob’ektlari va infratuzilma, jumladan velosiped yo‘llari, suzish havzasi, bolalar bog‘chalari va shunga o‘xshash narsalarga sarflanadi.
Renata Vedel 1975 yilda eri Alfred bilan Valdsolmsga ko‘chib o‘tdi. 2016 yilda eri vafot etganidan so‘ng, u Frankfurtdagi qariyalar uyida yashagan va 2019 yil dekabrda 81 yoshida vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi