Qozog‘istonda pensioner ayol qo‘shnisi haqida mish-mish tarqatgani uchun jarima to‘ladi

1 daqiqa o'qish158
Qozog‘istonda pensioner ayol qo‘shnisi haqida mish-mish tarqatgani uchun  jarima to‘ladi

Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida 66 yoshli pensioner ayol 34 yoshli qo‘shnisi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun sud tomonidan javobgarlikka tortildi. Bu haqda Stan.kz xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 34 yoshli ayol qo‘shnisining o‘zi haqida muntazam ravishda yolg‘on va sha’niga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatayotganidan shikoyat qilib, politsiyaga murojaat qilgan.

Uchastka noziri arizani tekshirib, ko‘p qavatli uy aholisidan so‘rov o‘tkazgan. Bir nechta qo‘shni ayol haqida turli mish-mishlar tarqalayotganini, bu ma’lumotlarni esa 66 yoshli qo‘shnisi aytayotganini bildirgan.

Keyinchalik pensioner ayol politsiya bo‘limiga olib kelingan va qo‘shnisi haqida mish-mish tarqatganini tan olgan. Ish sudga yuborilgan.

Sudda pensioner ayol qo‘shnisining farzandi eridan tug‘ilmagani haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgani aniqlangan. Mazkur gaplar ayolning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi yolg‘on ma’lumot sifatida baholangan.

Sud pensioner ayolni tuhmat qilganlikda aybdor deb topib, dastlab 160 oylik hisob ko‘rsatkichi, ya’ni 692 ming tenge miqdorida jarima tayinlagan. Biroq uning huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgani va pensiya yoshida ekani yengillashtiruvchi holat sifatida inobatga olingan.

Natijada jarima 30 foizga kamaytirilib, 484 ming 400 tenge miqdorida undiriladigan bo‘lgan. Sud qarori qonuniy kuchga kirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?