07:57 / 09.12.2020
3 226

Shveysariyada himoya niqobi taqmaganlik uchun 230 yevro jarima belgilandi

Shveysariyada himoya niqobi taqmaganlik uchun 230 yevro jarima belgilandi
Foto: EPA
Shveysariyada koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishga qaratilgan cheklov choralariga rioya qilmaganlik uchun jarimalar joriy etildi. Bu haqda "Maten" nashri xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, jamoat joylarida niqob taqmaganlik uchun 250 shveysar franki (230 yevro) jarima belgilandi.
Karantin yoki izolyatsiya rejimida bo‘lgan shaxs ushbu rejimni buzgan taqdirda, 1500 frankkacha (1390 yevro) jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Jarimalar Shveysariya prokurorlari konferensiyasida belgilandi.

Shveysariyada oktyabr o‘rtalaridan jamoat joylarida niqob taqish majburiy etib belgilangandi. Ish beruvchilarga o‘z xodimlarini masofadan ishlash rejimiga o‘tkazish tavsiya etilgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 350 mingta holat qayd etilgan, 5,4 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shveysariyada himoya niqobi taqmaganlik uchun 230 yevro jarima belgilandi