09:30 / 09.12.2020
4 517

Yaponiyada tug‘ilishlar sonini sun’iy intellekt yordamida oshirishga qaror qilindi

Yaponiyada tug‘ilishlar sonini sun’iy intellekt yordamida oshirishga qaror qilindi
Foto: BBC
Yaponiya rasmiylari mamlakatda tug‘ilishlar sonini oshirish uchun sun’iy intellektdan yordam olishga qaror qildi. Gap yaponlarga oila qurishga yordam beradigan juft tanlash xizmatlari haqida ketmoqda. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

Bunday dasturlarni qo‘llab-quvvatlaydigan hududlar rasmiylari 2021 yildan boshlab subsidiya oladi. Bu maqsadlar uchun 2 milliard yena (19 million dollar) ajratish rejalashtirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, juft tanlash bo‘yicha ko‘plab xizmatlar sun’iy intellektni jalb qilmoqda. Ular sun’iy intellekt o‘z sevgilisini topish istagidagi mijozlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni yaxshiroq tahlil qilishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

Mavjud tizimlardan ba’zilari faqat yosh va daromad darajasi kabi mezonlarni tahlil qila oladi va aniq moslik holatida natija bera oladi. Qo‘shimcha mablag‘lar xobbi, qadriyatlar va odatlar kabi omillarni hisobga oladigan yanada zamonaviy tizimlarni yaratish uchun ajratilmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichi 128 million kishini tashkil qiladigan Yaponiya aholisining soni yuz yillikning oxiriga borib 53 million kishiga tushishi mumkin. 2019 yilda tug‘ilishlar soni rekord darajada past bo‘lgan: bir yilda 865 ming bola tug‘ilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada tug‘ilishlar sonini sun’iy intellekt yordamida oshirishga qaror qilindi