15:50 / 12.12.2020
3 972

Rossiya janubida o‘ta xavfli o‘rgimchaklar keskin ko‘payib bormoqda

Rossiya janubida o‘ta xavfli o‘rgimchaklar keskin ko‘payib bormoqda
Foto: Getty Images
Rossiyaning Rostov viloyatida ob-havoning isishi tufayli hayvonot dunyosi tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan. Gap shundaki, bu yerda ilonlar hamda zaharli o‘rgimchaklar soni keskin ko‘paygan.

Rossiya Fanlar akademiyasining Janubiy ilmiy markazi matbuot xizmatiga asoslanib «Argumenti i fakti Rostov» nashrining ma’lum qilishicha, hududda ilgari faqat Qalmog‘iston bilan chegara hududida va Taganrog ko‘rfazining qirg‘og‘ida yashaydigan qoraqurt o‘rgimchaklari ko‘paygan.

Ta’kidlanishicha, ular isish tufayli ushbu hududga qo‘nim topa boshlangan. Bundan tashqari, bunday o‘rgimchaklarni yana ko‘plab hasharotlarni topish mumkin bo‘lgan axlatxonalar va axlat uyumlari o‘ziga jalb qiladi.

Qoraqurt tasodifan odamni chaqib olishi mumkin. Zahari bosh miyadagi nafas olish markazini falaj qilgan holda o‘limga ham olib kelishi mumkin. Qayd etilishicha, mintaqada isish tufayli ilonlar ham faollashgan — ular tobora turar-joy binolariga kirib borishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya janubida o‘ta xavfli o‘rgimchaklar keskin ko‘payib bormoqda