15:56 / 22.12.2020
2 054

Jo Bayden jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi (video)

Jo Bayden jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi (video)
Foto: Reuters
Saylangan AQSH prezidenti Jo Bayden Delaver shtatidagi Nyuark shahar kasalxonasida koronavirusga qarshi emlandi, deb yozadi Meduza. Emlash jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ko‘rsatildi. Vaksinatsiyada Pfizer va BioNTech vaksinasidan foydalanildi.

Bo‘lg‘usi birinchi xonim Jill Bayden ham 21 dekabr kuni emlandi. Bo‘lajak vitse-prezident Kamala Xarris va uning turmush o‘rtog‘i Dag Emxoff kelasi hafta vaksina oladi.

Amaldagi prezident Donald Tramp hozircha koronavirusga qarshi vaksina olgani yo‘q. Tramp ma’muriyati ma’lum qilishicha, Oq uy tibbiy xodimlari tomonidan ma’qullanganidan keyingina u emlanadi.

AQSHda koronavirusga qarshi emlash 14 dekabr kuni — Pfizer va BioNTech vaksinasi ma’qullanganidan keyin ikki kun o‘tib boshlandi. 18 dekabr kuni esa Amerika hukumati Moderna kompaniyasining vaksinasini ham ma’qulladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jo Bayden jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi (video)