
Foto: «RIA»
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning maqtoviga munosabat bildirdi va Anqara bilan Moskva o‘rtasidagi munosabatlarni baholadi.
Avvalroq Putin Erdo‘g‘on bilan ba’zi masalalarda turli qarashlarga egaligini, ammo, shunga qaramay, Turkiya rahbari so‘zida turishini, «dumini likillatmasligini» ta’kidlab o‘tgandi.
«Putinning bu gaplari o‘ziga ham taalluqlidir. Men u bilan tanishganimdan beri, uni shunday bilaman. U to‘g‘ri odam, so‘zida turadi. Munosabatlarimizning rivojlanishi shuni ko‘rsatadiki, amalda hech qaysi davlat bilan bunchalik mustahkam aloqalarga ega emasmiz, bu juda kam uchraydigan holatdir. Umid qilamanki, munosabatlarimiz kelgusida ham davom etadi. Agar savdo balansimizga nazar solsangiz, o‘z maqsadlarimiz sari qat’iy borayotganimizni ko‘rasiz», — dedi Erdo‘g‘an jurnalistlarga. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar