Foto: Armaniston bosh vaziri matbuot xizmati
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan xalq uning iste’fosini istasa, bunga tayyorligini ma’lum qildi. U Facebook’dagi sahifasida buning uchun navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazish zarurligini yozdi.
“Men xalq qaror qilsa, bosh vazir lavozimidan ketishga tayyorman. Men bu lavozimdan faqat xalq qarori bilangina keta olaman”, deb yozgan Pashinyan.
U “xalq yana ishonch bildirsa, hozirgi murakkab vaqtda Armanistonga rahbarlik qilishni davom ettirishga tayyorligini” aytgan.
“Bu savollarga javob olishning bir yo‘li bor – navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazish”, deb qo‘shimcha qilgan Pashinyan.
Armaniston bosh vaziri saylovlarni 2021 yilda o‘tkazishni taklif qilgan.
22 dekabrda Yerevanda hukumatga qarshi norozilik aksiyalari yana boshlangani ma’lum qilingandi. Muxolifat umummilliy ish tashlash e’lon qilgan. Shuningdek, Pashinyanga qarshi chiqayotganlar hukumat binolarini to‘sib qo‘yishgan va Respublika maydonida chodirlar o‘rnatishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Jasur Jaloliddinov: "Gol o‘tkazmayotganimizga sabab butun jamoaning mehnatkashligi"
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat