Foto: iStock
Ispaniya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan cheklovlarni karantin qoidalariga zid ravishda 40 soatdan ko‘proq davom etgan birgina bazm tufayli kuchaytirdi.
The Local nashrining xabar berishicha, Barselonadan 30 km uzoqlikda joylashgan Linars-del-Vales aholi punktida 300 kishi Yangi yilni nishonlash maqsadida omborda yig‘ilgan.
Karantin qoidabuzarlarini tarqatish uchun voqea joyiga maxsus kuchlarning yuzlab xodimlari kelgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bazm vaqtida qo‘llangan qurilmalar musodara qilingan, bazm tashkilotchilari hibsga olingan, uning ishtirokchilari esa javobgarlikka tortiladi.
Jumladan, bazm ishtirokchilariga 3 ming yevrogacha, tashkilotchilariga esa 600 ming yevrogacha jarima solinishi mumkin.
Bazmdan keyin hukumat ko‘plab hududlar uchun, jumladan, odamlarning harakatlanishiga nisbatan qat’iyroq cheklovlar kiritilishini e’lon qilgan. Yangi qoidalarga ko‘ra, aholi o‘z uyini ish yoki shifokor huzuriga borish uchungina tark eta oladi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada kasallanish holatlari 1,9 mlndan, o‘lim holatlari esa 50 mingdan oshib ketdi. Mamlakat kasallanish holatlari soni bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinni egallamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Karantin xabaridan so‘ng aholi Londonni ommaviy tark etishni boshladi (video)

Ispaniyada koronavirus sababli yana favqulodda holat e’lon qilindi

Yangi texnologiyalar sababli 5 yil ichida 85 million kishi ishsiz qolishi mumkin

Ukrainada karantin yil oxirigacha uzaytiriladi

Britaniyada karantinni buzganlik uchun 10 ming funt sterlinggacha jarima belgilandi

Singapurga karantin vaqtida keluvchi barcha kishilarga elektron bilakuzuk taqiladi