Qariyalar uyida bazm uyushtirgan bloger buvi internet qahramoniga aylandi

Qariyalar uyida bazm uyushtirgan bloger buvi internet qahramoniga aylandi

96 yoshli bloger Lillian Droznyak AQSHdagi qariyalar uyida tashkil qilayotgan bazmlari bilan internetda mashhur bo‘ldi. Biroq uning shovqinli ziyofatlari muassasa rahbariyatiga ma’qul kelmagan.

Ayol do‘stlari bilan tez-tez yig‘ilib, baland musiqa ostida vaqt o‘tkazadi. Ziyofatlarda spirtli ichimliklar ham bo‘lishi aytilmoqda. Lillian bu jarayonlarni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda muxlislari bilan bo‘lishadi.

Qariyalar uyi ma’muriyati unga tartibni buzmaslik haqida so‘nggi ogohlantirishni bergan. Bunday holatlar davom etsa, ayolning muassasada qolishiga ruxsat berilmasligi mumkin.

Lillian esa berilgan xatni yirtib tashlagan. U yoshiga qaramay, hayotini boshqalar belgilab bermasligini va o‘zi xohlagan tarzda yashashini aytgan.

Bu voqea tarmoq foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokama qilindi. Ayrimlar uning harakatini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, boshqalar qariyalar uyidagi umumiy tartib ham hisobga olinishi kerakligini yozgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar