16:00 / 06.01.2021
2 182

Lukashenko koronavirusni Xudo bergan jazo deb atadi

Lukashenko koronavirusni Xudo bergan jazo deb atadi
Foto: «President.gov.by»
Koronavirus pandemiyasi odamlarga ularning tabiatga beparvolik bilan munosabatda bo‘lgani evaziga jazo sifatida yuborilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «Gorizont» korxonasi ishchilari bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi «RBK».

«Tabiatga surbetlarcha munosabatda bo‘lganimiz uchun Xudo bizni koronavirus bilan jazolagan, shekilli», — dedi u.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, tabiat bilan uyg‘un bo‘lmasa, odamlar nosog‘lom bo‘ladi, ularning farzandlari esa faqirlikda yashaydi.

Avvalroq Lukashenko pandemiya shunday tus oldiki, dunyo maydonidagi yirik o‘yinchilar «dunyoni bo‘lib olishni boshladi», degan fikrni bildirgan edi. «Pandemiya mutlaqo tibbiy muammodan shunchaki iqtisodiy emas, balki geosiyosiy muammoga aylanib ketdi», — dedi Belarus yetakchisi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, respublikada COVID-19’ga chalinganlar soni 203 104 kishiga yetgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko koronavirusni Xudo bergan jazo deb atadi