Foto: The Drive
Ontario shtati politsiyasi GTA Exotics avtosaloniga tegishli bo‘lgan qora Lamborghini Urus’ni qidiruvga berdi. Mijoz 10 ming dollar garov evaziga krossoverni ijaraga olgan, biroq mashinani qaytarmagan, deb yozadi Motor. O‘g‘ri kuzatish datchigini o‘chirib qo‘yganidan so‘ng, avtosalon egalari huquq-tartibot idorasiga murojaat qilgan.
Mashina o‘g‘risi noodatiy Lamborghini Urus’ni tanlagan: krossover Widebody «obvesi» va qizil saloni bilan ajralib turadi. Mashina 650 ot kuchiga ega (850 Nm) to‘rt litrli V8 «tvin-turbo» dvigateli yordami harakatga keladi. Agregat sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Avtomobilning soatiga 100 kilometr tezlikka erishishi uchun 3,6 soniya yetadi, maksimal tezligi — 305 km/soat.
![]()
Foto: The Drive
GTA Exotics’da bu kabi Urus’ning ijarasi 200 dollarli sug‘urta bilan sutkasiga 1500—1600 dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga, mijoz unda kuniga 160 kilometrdan ortiq harakatlanmasligi kerak. Lamborghini Urus narxi 200 ming dollardan boshlanadi, biroq noodatiy jihozlanishga ega mazkur model ancha qimmatroq turadi.
![]()
Foto: The Drive
![]()
Foto: The Drive
Kanadalik Urus’ni avtosalondan dekabr oyida olib ketgan, biroq avtomobil yo‘qolgani to‘g‘risida politsiyaga 11 yanvarda xabar berilgan. GTA Exotics avtoparkidan o‘g‘irlab ketilgan Lamborghini’dan tashqari boshqa ko‘plab qimmat avtomobillar ham mavjud: Porsche, Ferrari va McLaren sportkarlari, shuningdek, hashamatli Rolls-Royce, jumladan 1963 yilgi Silver Cloud III. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Turkiyada qimmatbaho mashinadan tarvuz sotgan erkak jarimaga tortildi

Shelby Mustang GT350 kombaynga qarshi poygaga chiqdi (video)

Ukrainada qizil salonga ega noyob «Jiguli» topildi (video)

Uelsda mijoz sinov chog‘i 264 ming dollar baholangan Porsche 911 avtomobilini pachoq qildi

Amerika politsiyachilari “Lamborghini” bilan poyga qilishdi (video)

Lamborghini mashinasi o‘g‘irlangan kuniyoq yonib ketdi