Ta’kidlanishicha, Kanadaning kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan fuqarosi Se Chi Lopni ikki yillik qidiruvdan keyin ushlashga muvaffaq bo‘lingan. Uni qo‘lga olishda Interpol ham ishtirok etgan.
“Osiyolik El Chapo” metamfetamin giyohvand moddasining dunyodagi eng yirik savdogarlaridan biri hisoblangan. U boshchilik qiladigan “Sem Gor” yoki “Kompaniya” nomi bilan ham ma’lum bo‘lgan xalqaro jinoiy sindikat orqali Avstraliyaga giyohvand moddalarning 70 foizi yetkazilgan.
Foto: Daily Mail
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Chi Lop laboratoriyalarda ishlab chiqiluvchi giyohvand moddalarni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi Xitoy mafiyasining bir necha bo‘limiga boshchilik qilgan.
BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy faoliyat Chi Lopga yiliga 10 mlrd dollardan 23 mlrd dollargacha daromad keltirgan.
Og‘ufurush ortidan 20ga yaqin davlat, jumladan AQSH, Kanada, Myanma, Xitoy, Tailand va Yaponiya huquq-tartibot idoralari ko‘p yillik “ov” olib borgan.
Bugungi kungacha og‘ufurushning qayerdaligini aniqlashning iloji bo‘lmagan – u bir guruh kikbokschi tansoqchilar hamrohligida yashirinib yurishga muvaffaq bo‘lib kelgan. Biroq shu bilan birga, u ba’zida dabdabali bazmlar uyushtirib turgan. Ta’kidlanishicha, og‘ufurush Makaodagi kazinolardan birida bir kecha davomida 85 mln dollar yutqazgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi