Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Donald Tramp prezidentligi vaqtida tuzilgan bitimlar tekshirilib chiqqunga qadar Saudiya Arabistoni va BAAga qurol sotishni to‘xtatdi. Bu haqda rasmiy shaxslarga tayanib The Wall Street Journal (WSJ) nashri xabar berdi.
Gap Saudiya Arabistoniga yuqori aniqlikdagi qurol va BAAga F-35 qiruvchi samolyotlari sotish haqida bormoqda.
Hozirda Bayden ma’muriyati Donald Tramp prezidentligi vaqtida tuzilgan ko‘p milliard dollarlik bitimlarni tekshirmoqda. Vashington BAA va Isroil o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishi haqida kelishuv imzolangandan keyin Abu-Dabiga F-35’larni sotishga rozi bo‘lgan. AQSHning yangi ma’muriyati esa ushbu qurol Yamanda qo‘llanmasligiga ishonch hosil qilmoqchi.
Reuters axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH BAAga 50ta qiruvchi samolyot va 18ta dron yetkazib berishi kerak. Ushbu bitim Bayden prezident lavozimiga kirishishiga bir soat qolganda imzolangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Bayden noqonuniy migrantlarning deportatsiya qilinishini to‘xtatdi

Tramp Baydenning inauguratsiyasiga bir soat qolganida BAA bilan qurol sotuvi bo‘yicha shartnoma imzolagan

Bayden Pensilvaniyada ham Trampdan o‘zib ketdi

Jo Bayden AQSh prezidentligi saylovoldi reytingida Trampni ortda qoldirdi

CIA: Muhammad bin Salmon Qoshiqchi o‘limiga aloqador

AQSh Saudiya Arabistoniga 300 mlrd dollarlik qurol-aslaha sotmoqchi