16:27 / 04.02.2021
1 169

Ilon Mask inson miyasiga chip joylashtirmoqchi, u orqali xotiralarni ham boshqa tanaga o‘tkazish mumkin

Ilon Mask inson miyasiga chip joylashtirmoqchi, u orqali xotiralarni ham boshqa tanaga o‘tkazish mumkin
Texnik milliarder Ilon Mask o‘zining "Neuralink" kompaniyasi tomonida ishlab chiqarilgan odamlar va mashinalarni ulash uchun mo‘ljallangan qurilmasini shu yil oxiriga qadar inson miyasida sinab ko‘rishi mumkinligini e’lon qildi.

U ilgari ushbu qurilmaning cheksiz quvvatga egaligini va hatto odamlarning sun’iy intellekt bilan raqobatlashishiga imkon berishi mumkinligini da’vo qilgandi.

Qayd etilishicha, ushbu chip yordamida ruhiy kasalliklarga qarshi kurashish, giyohvandlik, depressiya va shunga o‘xshash kasalliklarni oson yengish mumkin.

"Neuralink" chipi allaqachon maymun miyasiga joylashtirilgan. Natijada, bosh suyagiga simsiz implantatsiya qilingan maymun video o‘yinlar o‘ynay boshladi.

Chipning yana bir imkoniyati shundaki, u yordamida xotiralaringizni yozib olib boshqa tana yoki robot tanasiga qayta yuklab olish mumkin.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, hali kelajakda insonlarni bundanda g‘aroyibroq kashfiyotlar kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask inson miyasiga chip joylashtirmoqchi, u orqali xotiralarni ham boshqa tanaga o‘tkazish mumkin