Foto: «Ura-povara.ru»
Yaponiyaning Osaka universiteti olimlari har kuni piyoda yurish umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qilishini aniqladilar. Bu haqda 5 fevral kuni Express portali Britaniya tibbiy jurnali (BMJ)da chop etilgan tadqiqotga asoslanib xabar berdi.
Tajriba mualliflari 13 yil davomida 40 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan 27 mingdan ortiq odamni o‘rganishgan.
Tadqiqot natijasida olimlar har kuni bir soat piyoda sayr qilgan ko‘ngillilar nofaol turmush tarzini olib borgan odamlarga qaraganda uzoqroq umr ko‘rishini qayd etdilar. Bundan tashqari, faol ishtirokchilar shifokorlarga kamroq murojaat qilishgan.
Ustiga-ustak, tadqiqotchilar piyoda yurishning nafaqat davomiyligi, balki tezligi ham muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashmoqda. Tezroq yurishni afzal ko‘ruvchi tadqiqot ishtirokchilari sekinroq qadam bosuvchi kishilarga qaraganda ko‘proq umr ko‘rishgan.
Olimlarning xulosa qilishlaricha, umrni uzaytirish uchun har kuni kamida bir soat 4,83 km/soat tezlik bilan yurish (yoki daqiqasiga 100 qadam tashlash) kifoya. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Koronavirusning kuchini kesadigan modda topildi

Olimlar fast-fudning o‘smirlar uyqusi va xotirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi

Fransiyalik olimlar "Tojdor virus" qanday haroratda nobud bo‘lishini aniqladi

Dima Bilan mashinasi buzilib qolgani sabab 3 soat piyoda yurdi

Angliya olimlari: «Oliy ma’lumot umrni uzaytiradi, ortiqcha vazn qisqartiradi…»

Olimlar bir kunda 8 soat uxlash foydaliligi haqidagi fikrni rad etdi