Foto: BBC
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining e’lon qilingan ichki hisobotida, mamlakat qurolli kuchlarining «hayratga soladigan holati» haqida aytilgan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Britaniyaning 33 piyoda batalonidan faqat bittasida kadrlar muammosi mavjud emas. Ular xususiy firma orqali ishchi kuchini jalb etgan. Ish haqi past ekani tufayli qolgan batalonlarda harbiylar yetishmaydi.
Afg‘onistondagi Britaniya kuchlarining sobiq qo‘mondoni polkovnik Richard Kempning aytishicha, xususiy kompaniya bilan 1,3 milliard funt sterlinglik shartnoma «halokatli qaror» bo‘lgan.
Shunday qilib, ishga qabul qilinayotganlar tanlov jarayonida byurokratik to‘siqlarga duch kelishdi, bu esa ularni Qurolli Kuchlarda xizmat qilishdan qaytardi. Polkovnikning ta’kidlashicha, hatto elit Shotlandiya gvardiyasi ham qo‘shinlar yetishmasligiga duch kelgan.
«Hozirgi vaqtda armiyamiz Britaniyani himoya qilishda juda ozlik qiladi», deydi Kemp.
Hisobotlarga ko‘ra, Britaniya armiyasi 14 984 askarga muhtoj. Ayni vaqtda mamlakat faqat 11 mingga yaqin askarni jang maydoniga yuborish imkoniga ega.
2020 yil noyabr oyining o‘rtalarida Buyuk Britaniya hukumati to‘rt yil davomida mudofaa xarajatlariga qo‘shimcha 16,5 milliard funt ajratishi ma’lum bo‘lgan edi. Shunday qilib, mudofaa budjeti 10 foizga ko‘payadi. Bu so‘nggi 30 yil ichida Britaniyadagi rekord darajadagi sarmoya bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi