1 551
Amerikalik senator Trampning impichmenti bo‘yicha eshituvga tasodifan ikki xil tuflida keldi
Foto: Twitter / @SenTinaSmith
Amerikalik senator Tina Smit mamlakatning sobiq prezidenti Donald Trampning impichmenti bo‘yicha o‘tkazilgan eshituvga tasodifan turli oyoq kiyimlarda keldi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.
Smit oyog‘ida tuflilardan biri tillarang, ikkinchisi kul rang bo‘lgani tasvirlangan suratni e’lon qilgan. «O‘ylashimcha, ertalab boshimda ko‘plab fikrlar bo‘lgan», — deb yozadi senator.
Avvalroq sobiq prezidentning advokati Maykl van der Vinning bildirishicha, Trampga nisbatan impichment e’lon qilinishdan asosiy maqsad uni 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Yuristning fikricha, hukmron partiyaning harakatlari shaxsan sobiq prezidentga emas, balki uni qo‘llab-quvvatlaydigan millionlab saylovchilarga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, 14 yanvar kuni sobiq davlat rahbariga nisbatan qo‘zg‘alonga da’vat qilganlik ayblovini yoqlab, Kongress yuqori palatasining 57 nafar a’zosi ovoz berdi, 43 senator esa qarshi chiqqan. Impichmentni tasdiqlash uchun kamida 67 kishi yoqlab ovoz berishi kerak edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi