07:30 / 20.02.2021
1 741

Texasda volontyorlar anomal sovuqdan aziyat chekkan 4 mingdan ortiq dengiz toshbaqasini saqlab qoldi

Texasda volontyorlar anomal sovuqdan aziyat chekkan 4 mingdan ortiq dengiz toshbaqasini saqlab qoldi
Foto: Esquire
Texasda volontyorlar hududdagi anomal sovuqqa tayyor bo‘lmagan toshbaqalarni qutqarib qoldi. Bu haqda Reuters xabar berdi, deb yozadi Esquire.

Havo haroratining keskin sovishi sabab harakatlanish imkoniyatini yo‘qotgan toshbaqalar tana haroratini tiklash maqsadida Saut-Padre-Aylenddan shaharning konferens markaziga ko‘chirib o‘tkazilgan.

Toshbaqalarga yordam berish bilan Sea Turtle notijoriy jamg‘armasi shug‘ullangan. Ijrochi rahbar Vendi Naytning aytishicha, SpaceX’ning mahalliy bo‘limi Sea Turtle’ni elektrogenerator bilan ta’minlagan. Ilon Maskning kompaniyasi bir necha yildan beri xayriya tashkiloti bilan hamkorlik qiladi, deyiladi xabarda.

Twitter’dagi Lara_Hand nomli akkaunt egasi nafaqadagi onasining toshbaqalarni qutqarishga hissa qo‘shayotgani haqida yozib qoldirgan va toshbaqalar mashina yukxonasida olib ketilayotgani aks etgan suratlar bilan bo‘lishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Texasda volontyorlar anomal sovuqdan aziyat chekkan 4 mingdan ortiq dengiz toshbaqasini saqlab qoldi