Foto: AFP
Haiti poytaxti Port-o-Prensdagi qamoqxonadan to‘rt yuzdan ortiq mahbus qochib ketdi, deb xabar bermoqda "Bi-bi-si".
Mahalliy hokimiyatning ma’lum qilishicha, mahbuslarning qochishi vaqtida 25 kishi, jumladan, qamoqxona direktori halok bo‘lgan.
Qurbonlar orasida o‘tkinchilar ham bo‘lgan. Ular jinoyatchilar tomonidan o‘ldirilgan.
Qayd etilishicha, voqea tafsilotlari aniq emas. Guvohlar otishma ovozini eshitishgan, so‘ngra ko‘chada mahbuslar paydo bo‘lgan. Qamoqxona yaqinidagi kiyim-kechak do‘konlari egalarining so‘zlariga ko‘ra, ular do‘konlaridagi mollarinining bir qismini jinoyatchilarga berishga majbur bo‘lishgan.
OAVning ma’lumot berishicha, "Krua-de-Buke" qamoqxonasiga ko‘pi bilan 872 nafargacha mahbus joylashishi mumkin. Shu bilan birga, hukumatning xabariga ko‘ra, u yerda 1500 nafar mahbus saqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi
118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin!
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi