08:30 / 02.03.2021
2 348

Janubiy Koreyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun o‘lim jazosi joriy etildi

Janubiy Koreyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun o‘lim jazosi joriy etildi
Foto: Yandex
Janubiy Koreyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun o‘lim jazosi joriy etildi. Mamlakat bunday jinoyatlar sonining ortishi munosabati bilan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazolarni kuchaytirmoqda, deb yozadi Korea Herald.

Milliy assambleyaning yalpi majlisida hokimiyat bolalarni zo‘rlaganlik uchun jazo to‘g‘risidagi qonunni qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi. Unga ko‘ra, o‘ldirish niyatida bo‘lmagan taqdirda ham bolalarga zo‘ravonlik qilganlar qotillik uchun aybdor deb topiladi. Mazkur tuzatish o‘gay ota-onasi yomon munosabatda bo‘lgani tufayli vafot etgan 16 oylik qizning nomi bilan Jeong-in Act («Chon In qonuni») deb ataldi.

Qayta ko‘rib chiqilgan qonunga muvofiq, bolalarga nisbatan beixtiyor o‘limga olib keluvchi kuch ishlatgan shaxslar yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi yoki o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Ta’kidlash joiz, yalpi majlisda qatnashgan 254 deputatdan 252 nafari qonunni qabul qilish uchun ovoz berdi, bir nafar deputat qarshi chiqdi va bittasi betaraf qoldi.

«Chon In bilan yuz bergan shu singari fojiali holatlarni shunchaki qattiqroq jazo bilan hal qilib bo‘lmaydi. Jinoyatchilar qilmishining oqibatlarini bilsa ham, jinoyat qilaveradi», — dedi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga qarshi ovoz bergan muxolifat partiyasi a’zosi Kim Un.

Nashrning ta’kidlashicha, Janubiy Koreyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risidagi xabarlar soni har yili o‘sib bormoqda — 2015 yilda 11 mingdan 2019 yilda 30 minggacha.

Yalpi majlisda, shuningdek, o‘spirinlarga qarshi jinoyatlar uchun jazoni og‘irlashtiradigan bir nechta qonun loyihalari qabul qilindi. «Yoshlarni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirish jinsiy ekspluatatsiya uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki 30 million von (26 720,37 dollar) miqdorida jarimaga tortilishni nazarda tutadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun o‘lim jazosi joriy etildi