
Foto: «elgezit.kg»
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11-12 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev ma’lum qildi.
Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, prezidentga rasmiy tashriflar yuzasidan ko‘plab takliflar kelib tushgan. Biroq, davlat rahbari birinchi navbatda qo‘shni mamlakatlarga bormoqchi.
Ruslan Kazakbayevning so‘zlariga ko‘ra, Japarov O‘zbekistondan keyin Xitoy, Tojikiston va Turkmanistonga ham safar qilishni rejalashtirmoqda. Bunga qadar esa u Rossiya va Qozog‘istonda rasmiy tashrif bilan bo‘lgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar