Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Facebook’dagi sahifasi xakerlik hujumiga uchradi, deya ma’lum qildi davlat rahbari matbuot kotibi Galina Bayterek.
«Yovuz niyatlilar ushbu akkaunt nomidan turli postlarga izoh qoldirgan», — dedi matbuot kotibi va Japarov o‘z sahifasi orqali yozib qoldirilgan so‘nggi izohlarga aloqador emasligini ta’kidladi.
Avvalroq prezident akkauntidan deputat Doston Bekeshevga qaratilgan salbiy izoh qoldirilgan edi.
«Sadir Japarov jamoatchilik ichida bildirilayotgan barcha fikrlarga, shu jumladan, tanqidlarga ham hurmat bilan munosabatda bo‘ladi, shuning uchun bunday gaplarni yozishga jur’at qilmagan bo‘lardi», — dedi Bayterek.
Skrinshot: Kloop
3 mart kuni deputatlar yangi Konstitutsiya loyihasini muhokama qildi. «Azattik» nashri Facebook’da majlisdan olingan videoni e’lon qildi, u yerda deputat Bekeshev loyihani tanqid qilib, uni «Xonstitutsiya» deb atagan.
Videoni muhokama qilib yozilgan izohlar orasida prezident shaxsiy sahifasi nomidan qoldirilgan izoh ham bor. «Bu ahmoqning faqat ko‘zi emas, ichki dunyosi ham ko‘r ekan — yordamchi», — deyiladi izohda. Keyinroq u o‘chirib tashlandi.
Ta’kidlanishicha, deputat Doston Bekeshev 6 yoshida ko‘rish qobiliyatidan to‘liq mahrum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda muddatdan oldin prezident saylovlari 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga 17 nafar nomzod da’vogarlik qildi. Oktabr oyidan beri hukumatni boshqargan Sadir Japarov raqiblaridan ancha ustun keldi. Ularning aksariyati 2 foizdan kam ovoz olgan.
Prezident saylovi bilan birga mamlakatda boshqaruv shaklini o‘zgartirish bo‘yicha ham referendum bo‘lib o‘tdi. Referendum ishtirokchilarining 80 foizdan ortig‘i prezidentlik respublikasi uchun ovoz berdi. Qirg‘iziston hukumati esa Japarovning prezident saylovlaridagi g‘alabasidan so‘ng iste’foga chiqdi.
Sadir Japarov 28 yanvar kuni Bishkekdagi marosimda davlat rahbari lavozimida mamlakat xalqiga sodiq xizmat qilish haqida qasamyod qabul qilib, Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga kirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?