
Foto: Glamour
Amerikalik Aleks Kolbot bilan bog‘liq voqea ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. U 3 marotaba uchrashuvga chiqqanidan keyin, munosabatlariga nuqta qo‘ygan. Biroz vaqtdan keyin qayta paydo bo‘lgan yigit qizdan u uchun ishlatgan pullarini qaytarib berishini so‘ragan. Qiz u yozgan xabarni Twitter sahifasiga joylagan.

Foto: Glamour
«Salom Aleks, ishlaring joyida degan umiddaman. Sen bilan boshqa ko‘rishmasligimizni hisobga oladigan bo‘lsak, senga ishlatgan pullarimni qaytarib berishing adolatdan, deb o‘ylayman. Sen bilan uch marta bar va restoranga bordik. Men har safar ikkalamiz uchun to‘ladim. Sen uchun sotib olgan taom va ichimlik uchun 35 dollar yetarli bo‘ladi. Seni vijdonli qiz deb bilaman, menga pullarni qaytarasan deb umid qilaman», — deb yozgan yigit.
Yigitning iltimosini qo‘rslik deb bilgan Aleks unga pullarni qaytarib bermagan. Ijtimoiy tarmoqda virus tezligida tarqalgan mazkur tvitga 200 ming layk bosilgan va 4 mingta izoh yozib qoldirilgan. Qizlar esa shunga o‘xshash boshqa hikoyalar bilan bo‘lishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar