21:30 / 13.03.2021
2 287

“Ishtonimgacha titib ko‘rishdi”: Lukashenko o‘zi haqidagi filmning "ag‘dar-to‘ntarini" chiqardi

“Ishtonimgacha titib ko‘rishdi”: Lukashenko o‘zi haqidagi filmning "ag‘dar-to‘ntarini" chiqardi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda ekstremistik deb topilgan Telegram-kanallarning birida e’lon qilingan Belarus davlati rahbarining go‘yoki "shohona hayoti" haqida so‘zlovchi filmni fisqu-fasod asosida yaratilgan deya atadi, deb xabar bermoqda "BelTA"ga tayanib Sputnik.

Sal avval internetda "Lukashenko. Oltin jarlik" deb nomlangan bir yarim soatli surishtiruv-film paydo bo‘lgan va unda mualliflar Belarus prezidentining go‘yoki mavjud "xilvatgoh"lari haqida so‘z yuritgandilar.

"Aytishlaricha, juda katta, nihoyatda uzun filmmish. Uncha vaqt ko‘rishga vaqtim yo‘q. Menga shunchaki bloklar bo‘yicha tahlillarni berishdi. O‘z navbatida, unda yangilik yo‘q rostdan degan xulosaga keldim", – dedi Lukashenko, filmni oxirigacha ko‘rishga ulgurmaganini qo‘shimcha qilgan holda.

U, shuningdek, filmda taqdim etilgan ma’lumotlar yolg‘onligini, "hech qachon odamlardan nimanidir o‘g‘irlashga o‘ziga ruxsat bermasligini" ta’kidladi.

Belarus prezidenti muxolifat "bu mavzuga qo‘l urib, vaqtni zoye ketkizganini qo‘shimcha qildi. "Saroylar, yana allambalolar, oxirida ishtonimgacha ko‘z olaytirishdi. Menga qarang, bu odobdan emas, axir. Hech qanday aloqasi bo‘lmagan familiyalarni keltirib o‘tyapsiz, o‘lay agar. Nega?" – dedi Aleksandr Lukashenko.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Ishtonimgacha titib ko‘rishdi”: Lukashenko o‘zi haqidagi filmning "ag‘dar-to‘ntarini" chiqardi