20:28 / 17.03.2021
4 306

Bayden: Putin hali javob beradi

Bayden: Putin hali javob beradi
Foto: «Medium.com»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2020 yilda bo‘lib o‘tgan Amerika saylovlarga aralashgani uchun javob berishi kerak, deb hisoblaydi AQSH prezidenti Jo Bayden. Uning bayonoti TASS tomonidan keltirilgan.

Bayden bu haqda ABC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Teleboshlovchi mamlakat rahbaridan AQSH razvedkasining ilgari e’lon qilingan hisobotiga munosabati haqida so‘radi. Unga ko‘ra Rossiya hukumati o‘tgan yilgi AQSH prezidentlik saylovlari paytida Bayden va Demokratik partiya vakillarini saylovchilar oldida obro‘sizlantirishga urindi.

«U (Putin) javob beradi», — dedi Bayden.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u yaqinda Rossiya prezidenti bilan uzoq vaqt suhbatlashgan. Suhbat boshida Bayden Putinga ikkalasi ham bir-birini yaxshi bilishini aytgan. Shu bois Amerika yetakchisi suhbatdoshini agar u «aralashuv sodir bo‘lganligini bilsa», uni «tayyor bo‘lishi» kerakligi haqida ogohlantirdi. Xuddi shu intervyusida «Dojd» telekanalining xabar berishicha, boshlovchi Baydendan «Putinni «qotil» deb hisoblaysizmi?» deb so‘ragan.

«Mmm, hmm, ha», — deb javob bergan Amerika prezidenti.

AQSH, shuningdek, Rossiyani 2016 yilgi Amerika saylovlariga Rossiya razvedka xizmatlari aralashganligida ayblashda davom etmoqda. Tergov «Crossfire Hurricane» deb nomlanadi. Uning doirasida Federal Qidiruv Byurosi xodimlari Donald Trampning sheriklarini ruslar bilan aloqasi bor-yo‘qligini tekshirgan. Ma’lumki, amerikaliklar Trampning Moskva bilan hamkorlik qilish-qilmasligini aniqlash uchun o‘z odamlarini siyosatchining shtabiga kiritishgan.

Rossiyaning ovoz berishga aralashgani haqida hali biror-bir dalil keltirilmagan, ammo 2019 yilda AQSHning maxsus advokati Robert Myuller o‘zining tergov hisobotida ruslar Trampni davlat rahbari etib saylanishiga «yordam berishgan»ini iddao qilgan. Siyosatchi o‘z navbatida ayblovlarni asossiz deb atadi va shaxsiga nisbatan ta’qibni «jodugar ovi» bilan taqqosladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden: Putin hali javob beradi