Foto: «Vb.kg»
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov agar rasmiy Bishkek XXR oldidagi tashqi qarzini to‘lamasa, mamlakatdagi ba’zi muhim ob’ektlar Xitoy nazorati ostiga o‘tishi mumkinligini istisno qilmadi. Bu haqda «Kabar» Qirg‘iziston davlat axborot agentligi e’lon qilgan respublika rahbarining intervyusiga asoslanib «Rossiyskaya Gazeta» xabar berdi.
Sadir Japarovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning tashqi qarzi bankka beriladigan oddiy kredit kabi tizim bo‘yicha to‘lanadi. Mabodo qarz oluvchi o‘z majburiyatlarini bajara olmasa, ularni mol-mulk bilan to‘laydi. Shunday qilib Xitoy nazorati ostiga o‘tishi mumkin bo‘lgan inshootlar orasida Qirg‘iziston rahbari mamlakat shimolidagi eng yirik elektr inshooti — Bishkek issiqlik elektr stansiyasi, Datka-Kemin elektr uzatish liniyasi, shuningdek, respublikaning shimoli va janubidagi birlashtiruvchi yo‘l sanab o‘tilgan.
«Biz ular uchun pul oldik. Agar biz o‘z vaqtida to‘lamasak, ushbu ob’ektlarni boshqarish boshqa tomonga o‘tadi. Agar bu yetarli bo‘lmasa, unda ular boshqa bir ob’ektlarni olish huquqiga ega», — deya ta’kidlagan Japarov
Qirg‘iz prezidenti so‘zlariga ko‘ra, ushbu infratuzilma loyihalari uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida kelishuvlar avvalgilar davrida tuzilgan hamda o‘zaro shartlar yumshoqroq bo‘lishi mumkin.
«Ammo biz qarzlarni o‘z vaqtida to‘layapmiz. 2020 yilning 31 dekabriga qadar biz 30 million dollar to‘lashimiz kerak edi. Bu mablag‘ni butunlay to‘ladik. Bu yil ham to‘lashimizga ishonamiz. Bizda mablag‘ manbalari mavjud», — deya qo‘shimcha qilgan u.
Ma’lumot uchun Xitoy Qirg‘izistonning eng katta kreditori hisoblanadi. Bu respublikaning xorijiy kreditlari bo‘yicha majburiyatlarning 40 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. So‘nggi o‘n yil ichida XXR Qirg‘izistonga kreditlar miqdorini oshirib, bir qator yirik infratuzilma loyihalariga mablag‘ ajratdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi