18:00 / 26.03.2021
3 929

Otasining soyasida: Putin, Tramp va boshqa davlat rahbarlarining qizlari nima bilan shug‘ullanadi?

Otasining soyasida: Putin, Tramp va boshqa davlat rahbarlarining qizlari nima bilan shug‘ullanadi?
Taniqli davlat rahbarlarining qizlari haqida siz bilmagan ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Mariya Putina

Foto: Cosmopolitan
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning to‘ng‘ich qizi Sankt-Peterburg universitetining biologiya va tuproqshunoslik hamda Moskva davlat universitetining fundamental tibbiyot fakultetini tamomlagan. Shunga qaramay kursdoshlari uni darsda hech ham ko‘rmagani, ayrim o‘qituvchilar esa u bilan yakshanba kuni shug‘ullangani ta’kidlaydi.

U endokrin tizimi va gormonlar nazoratiga ixtisoslashgan biotibbiyot bilan shug‘ullanish bilan birga, Sog‘liqni saqlash vazirligining Endokrinologiya tadqiqot markazida ham faoliyat yuritadi. Gollandiyalik biznesmen Yorrit Faasen bilan turmush qurgan Putinaning, turmush o‘rtog‘i bilan birga Niderlandiyaga ko‘chib ketgani va 2012 yilda o‘g‘illi bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqagan.

Yekaterina Tixonova

Foto: Cosmopolitan
Ayni vaqtda 30 yoshda bo‘lgan, Vladimir Putinning ikkinchi qizi Yekaterina, Sankt-Peterburg davlat universitetini tamomlagan. 2015 yilda u «Milliy intellektual rivojlanish» jamg‘armasini boshqarayotgani haqida ma’lumot tarqalgan. Akrobatika bilan shug‘ullanadigan Tixonova Shveysariyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida sherigi bilan birga birinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. U Putinning do‘sti Nikolay Shamalovning o‘g‘li, Kirill Shamalovga turmushga chiqqan. «Gazprom»da ishlagan Kirill, shuningdek, «Gazprombank» va hukumat apparatida ham faoliyat olib borgan.

Ivanka Tramp

Foto: Cosmopolitan
AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning to‘ng‘ich farzandi Ivanka, yoshligida model bo‘lishni istagan. 1997 yil Seventeen jurnalining muqovasiga suratga tushgan Ivanka keyinchalik bir qancha moda chiqishlarida ishtirok etgan. Keyinroq modani tashlab biznesni tanlagan Tramp xonim, 2017 yildan buyon otasiga assistentlik qiladi. U millioner Jared Kushnerga turmushga chiqqan va uch nafar farzandni dunyoga keltirgan.

Tiffani Tramp

Foto: Cosmopolitan
Tiffanini Donaldning ikkinchi rafiqasi Marla Meyplz dunyoga keltirgan. 2016 yilgacha Pensilvaniya universitetida o‘qigan qiz keyinchalik ta’limni Garvard universitetida davom ettirishga qaror qilgan. Musiqani yoqtiradigan qiz «Like a bird» nomli qo‘shiq yozgan. Tiffani ayni vaqtda milliarder Maykl Buglos bilan uchrashadi.

Barbara Berluskoni

Foto: Cosmopolitan
Silvio Berluskonining qizi Barbara yoshligida vokal, fortepiano chalish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik falsafaga qiziqqan va San-Raffael universitetida tahsil olgan. Ayni vaqtda FinInvest direktorlar kengashining a’zosi bo‘lgan Barbara, «Milan» futbol klubining vitse-prezidenti hisoblanadi. Biznesmen Jorjio Valagutsga turmushga chiqqan Berluskoni xonim, ikki nafar qizni dunyoga keltirgan.

Alisa Meri Xiggins

Foto: Cosmopolitan
Irlandiya prezidenti Maykl Xagginsning qizi Alisa, kasb borasida otasi singari siyosatni tanlagan. U Irlandiyadagi Milliy ayollar ittifoqining yetakchisi va Yevropa ayollar lobbisi kengashining a’zosi hisoblanadi. 2016 yilda Irlandiya senatiga saylangan Alisa, Dublindagi Universitet kollejida ingliz tili va falsafadan dars beradi.

Kinga Duda

Foto: Cosmopolitan
Polsha prezidenti Ajey Dudaning qizi Kinga, Yagellon universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Ayrim siyosatchilar Facebook’da faol bo‘lgan Kingani, ijtimoiy tarmoqlarda saylovchilarni otasini qo‘llab-quvvatlashga katta ta’sir ko‘rsatishiga ishonadi.

Si Minsze

Foto: Cosmopolitan
Xitoy xalq respublikasining rahbari Si Szinpinning qizi Garvard universitetida psixologiya va ingliz tilidan ta’lim olgan. Talabalar kampusida boshqa ism bilan yashagan qizni xitoylik qo‘riqchilar guruhi qo‘riqlagan. Ayni vaqtda Pekinda yashaydigan qiz moda va adabiyotga qiziqadi.

Leyla Aliyeva

Foto: Cosmopolitan
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning qizi Leyla Buyuk Britaniya va Shveysariyadagi xususiy kollejlarda tahsil olgan. 2008 yilda Moskva davlat xalqaro munosabatlar universitetini tamomlagan Leyla, kino suratga olishi, she’r yozishi, shuningdek, rasm chizishi ham mumkin. Bobosi Geydar Aliyevga bag‘ishlangan «Elegiya» she’ri maktab o‘quvchilarining 5-sinf darsligiga kiritilgan. 2006 yilda xonanda Emin Agalarov bilan turmush qurib, ikki nafar farzandni dunyoga keltirgan Leyla, turmush o‘rtog‘i bilan 2015 yilda ajrashgan va shundan keyin Amina ismli qizni asrab olgan.

Aliya Nazarboyeva

Foto: Cosmopolitan
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya opalaridan farqli o‘laroq siyosatga qiziqmaydi. Shveysariya, Angliya va AQSHda tahsil olgan Nazarboyeva o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rgan. «Yevropa plyus» radiosida direktor yordamchisi, «TuranAlemBank»ning yuridik bo‘limida ishlagan va otasiga kotibalik ham qilgan. Ayni vaqtda fitness-klub va «Elitstroy» qurilish kompaniyasini boshqaradigan Aliya uch marta turmushga chiqqan. Ikkinchi turmushida ikki nafar farzandni dunyoga keltirgan ayol bugungi kunda «Kaztransoil»ning direktori Dimash Dosanov bilan birga yashaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Otasining soyasida: Putin, Tramp va boshqa davlat rahbarlarining qizlari nima bilan shug‘ullanadi?