Foto: Facebook / Two Hoyles
76 yoshli Kelli hamda 70 yoshli Kerolayn nikoh to‘yi fotossesiyasini takrorlab, oltin yubileyini nishonladi. Ular 50 yil oldin turmush qurgan AQSHning Ayova shtatidagi De-Moyn shahriga qaytib borgan. Uch farzandning onasi va to‘rt nabiraning buvisi Kerolayn o‘sha muhim kunda saqlab qo‘ygan libosini qaytadan kiygan.
Ayolning aytishicha, suratga olish ishlari bir yarim soat davom etgan. Shuningdek, o‘tgan vaqt mobaynida cherkov o‘zgarmagan. Ular 50 yil avval bir-biriga so‘z bergan joydan o‘tishga ham muvaffaq bo‘lgan.
Foto: Facebook / Two Hoyles
Juftlik eski fotosessiyadagi barcha sahnalarni takrorladi. Endilikda ushbu epizodlar juda ham ta’sirli ko‘rinadi. Sababi bu suratlar ortida necha yillar yashirin?!
Kelli, afsuski, 50 yil avvalgi kostyumini kiya olmadi, ammo unga o‘xshashini sotib oldi. Kuyov libosi ham kelinniki singari ehtiyotkorlik bilan tikilgan bo‘lib, u atirgul taqishni ham unutmagan.
Foto: Facebook / Two Hoyles
Kerolayn suratlarga qarab shunday deydi: «Men suratlarni tomosha qila turib, bir qancha ajinlarni ko‘rdim. Suratkashning fotoapparati juda yaxshi ekan, chunki yuzimdagi har bir ajin ko‘rinib turibdi».
Foto: Facebook / Two Hoyles
«Yosh tanlamas xonim», «Uning ko‘zlari hanuzgacha chaqnaydi», «U yanada baxtli ko‘rinadi», «Qanday ajoyib», deya izoh qoldirgan Facebook foydalanuvchilari.
Foto: Facebook / Two Hoyles “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi