
Foto: AP Photo
Indoneziyaning Sulavesi orolidagi Makasar shahrida ikki nafar xudkush katolik cherkovi darvozasi yonida portlash uyushtirdi, deb xabar beradi Meduza.
Portlash cherkovda bayram ibodati o‘tkazilayotgan va bino ichiga ko‘plab dindorlar yig‘ilgan paytda yuz bergan. Ruhoniyning aytishicha, xudkushlardan biri motosiklda cherkov pillapoyasiga chiqishga uringan, ammo qo‘riqchilar tomonidan to‘xtatib qolingan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 14 kishi jabrlangan. Hozircha voqea yuzasidan hech kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Politsiya portlash yanvardagi kontr-terroristik bo‘linma tomonidan uyushtirilgan maxsus operatsiyaga javob sifatida tashkillashtirilganini istisno qilmayapti. O‘shanda Makasarda 2019 yilda Filippindagi cherkov portlashiga aloqadorlikda gumonlangan ikki terrorchi o‘ldirilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Breaking: A suicide bomber attacked the Sacred Heart of Jesus Cathedral in Makassar, Indonesia, during Sunday mass. Police say that at least 3 people were injured in the attack. pic.twitter.com/jq4FYDngMm
— PM Breaking News (@PMBreakingNews) March 28, 2021
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar