Foto: RIA "Novosti"
Ramzon Qodirov Rossiya hududlari rahbarlari orasida o‘z lavozimida eng uzoq qolayotgan siyosatchiga aylandi. U Chechenistonga 14 yildan beri rahbarlik qilib kelmoqda.
Qodirov Ulyanovsk oblasti gubernatori Sergey Morozov iste’foga chiqqach, bu nomga sazovor bo‘ldi.
U Chechenistonni 2007 yil fevraldan beri boshqarib kelmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘shanda Checheniston prezidenti Ali Alxanovni iste’foga chiqarish bilan bir vaqtda, uning o‘rniga vaqtincha Ramzon Qodirovni tayinlagandi. 2007 yil martida Checheniston parlamenti Qodirov nomzodini respublika rahbari lavozimiga tasdiqlagan va 5 aprelda Gudermesda uning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tgan. 2011 yildan boshlab Checheniston prezidenti lavozimi Checheniston rahbari deb atala boshlangan.
Rossiyaning o‘z lavozimida eng uzoq qolayotgan gubernatorlari yetakchi uchligidan Roman Kopin va Natalya Komarova ham joy oldi. Kopin 2008 yildan beri Chukotka avtonom okrugiga, Komarova esa 2010 yil martidan Xanti-Mansiysk avtonom okrugiga rahbarlik qilib kelmoqda
Morozov 8 aprelda iste’foga chiqishini e’lon qildi. U o‘z qarorini “dunyo o‘zgarayotgani” va gubernator lavozimidagi 16 yillik faoliyatidan keyin yo‘lni yoshlarga bo‘shatish kerakligi bilan tushuntirgan. Morozov o‘z lavozimidan ketgach, e’tiborini “federal darajadagi masalalarni hal qilishga qaratmoqchiligini” ma’lum qildi. Jumladan, u davlat dumasiga saylovlarda ishtirok etmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi