Grossmeyster Javohir Sindarovning kompyuter o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishi e’tibor markaziga tushdi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov nafaqat shaxmat taxtasidagi yutuqlari, balki kompyuter o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishi bilan ham e’tibor markaziga tushdi. U Counter-Strike o‘yinidagi shaxsiy inventarini namoyish etib, undagi qimmatbaho buyumlar bilan muxlislarni hayratda qoldirdi.
Shaxmatchining aytishicha, u har safar biror turnirda g‘alaba qozonganidan so‘ng o‘ziga qimmatbaho o‘yin buyumlari — «skin»lar xarid qiladi. Hozirda uning inventarida umumiy qiymati taxminan 15 ming dollarga teng pichoqlar va boshqa noyob buyumlar bor.
Javohirning kolleksiyasida 9 juft qo‘lqop va 11 ta pichoq mavjud. Bu buyumlar Counter-Strike o‘yinida nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki bozordagi yuqori narxi bilan ham ajralib turadi.
Grossmeyster o‘zining o‘yindagi mahoratini ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Uning baholashicha, Counter-Strike bo‘yicha darajasi taxminan 2100 ELO atrofida. Shunday qilib, Javohir Sindarov turnirlardagi g‘alabalarini shaxmatdagi natijalar bilangina emas, balki qimmatbaho o‘yin kolleksiyasi bilan ham nishonlab kelmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

































Izohlar0
…