
Hindiston politsiyasi o‘z faoliyatiga bir nechta maymunlarni jalb qilib, muntazam ravishda pul o‘g‘irliklarini sodir etib kelgan ikkita jinoyatchini qo‘lga oldi. Bu haqda Yesoreiter nashri xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, kissavurlar maymunlardan o‘tkinchilarga hujum qilishda foydalanishgan. Yo‘lovchilar o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishgan, natijada maymunlar ularning hamyonlarini olib qochishgan. Jinoyatchilar o‘ljani teng bo‘lishganlar.
Shunisi e’tiborga loyiqki, maymunlarning o‘zlari ham hibsga olingan - jinoyatchilar qamoqxonaga, maymunlar yovvoyi hayvonlarga yordam berish markaziga joylashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida maymunlardan o‘g‘irlik maqsadida foydalanish Hindistonda tez-tez uchrab turadi. Asosan maymunlarni bozordan yegulik o‘g‘irlab kelishga o‘rgatishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing