Foto: News24
21 aprel kuni Yaponiya televideniyesida o‘zbekistonlik talaba Eldor O‘rinboyevning cho‘kib ketayotgan yaponiyalik o‘smirga yordam bergani haqidagi yangilik namoyish etilgan. Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yoshinori Fujiyama sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha butun O‘zbekiston xalqiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Bu haqda diplomatik missiya matbuot xizmatiga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi.
«Men, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida, O‘rinboyevga o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ya turib Ginovan shahrining dengizida cho‘kib ketayotgan yapon o‘smirini qutqargani uchun chuqur minnatdorchiligimni izhor etaman», — deydi elchi.
«Hozirda O‘rinboyev Yaponiyaning eng janubiy qismida joylashgan Okinava prefekturasida tahsil oladi. O‘zi ham dengizga birinchi marta tushganiga qaramay, bor kuchi bilan suzib borib, odam qutqargan ushbu o‘zbek o‘smirining jasurligi va vijdonliligi uchun yana bir bor samimiy minnatdorchiligimni izhor etishga ijozat bering», — dedi Yoshinori Fujiyama.
Nippon NewsNetwork’ning lavhalaridan bir guruh yoshlar «pirs» va qirg‘oqda turganini, ular kuchli to‘lqin sababli sohilgacha suzib bora olmayotgan o‘smirga qo‘l silkiyotganini ko‘rish mumkin. Eldor O‘rinboyev esa suvga sakrab, o‘smirni suvdan tortib chiqarishga uringan, unga sohilda turgan ikki nafar boshqa yigit ham yordam bergan.
Foto: News24
Yigit televideniyega bergan intervyusi juda og‘ir bo‘lganini aytib o‘tgan: «Oson deb o‘ylagandim, suvga tushganimdan keyin o‘zimga qutqaruvchi kerak bo‘lib qoladi, degan xayollar ham bo‘ldi».
Yaponiya elchisi ushbu mamlakatda cho‘kayotgan insonga yordam berishga urinayotgan shaxsning o‘zi bilan baxtsiz hodisa ro‘y bergan holatlar ko‘plab uchrashini qayd etgan.
«Garchi, O‘rinboyev tutgan yo‘l dengizga umrida birinchi marta tushgan inson hayoti uchun xavfli bo‘lsa-da, uning ushbu xatti-harakati juda qadrli va ahamiyatlidir», — deya ta’kidlaydi elchixonadagilar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”