13:00 / 28.04.2021
3 071

Italiyalik «Robinzon Kruzo» o‘zi yolg‘izlikda 32 yil yashagan orolni tark etadi


Foto: BBC News
Italiyalik «Robinzon Kruzo» sifatida tanilgan Mauro Morandi o‘zi 32 yil davomida yashagan Budelli orolini tark etadi. Bu haqda BBC News xabar berdi.

Morandi qo‘shni oroldagi uyga ko‘chib o‘tishini aytdi. «Kelajakda Budelli, men 32 yil davomida himoya qilganim kabi, himoyalangan holatda bo‘ladi degan umid bilan bu yerni tark etaman», — deb qo‘shimcha qildi u.

Orol La-Maddalena milliy bog‘ida joylashgan bo‘lib, shu nomdagi arxipelag tarkibiga kiradi. Morandi 1989 yilda tabiatga yaqin yashash va sivilizatsiyadan qochish maqsadida Polineziyaga yo‘l olgan va Budelliga kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Italiyadagi siyosiy vaziyat va jamiyatdagi iste’molchilikdan norozi bo‘lgan.

Morandi o‘zigacha Budellida yashagan nazoratchining o‘rnini egallashga kelishib olgan va uning vazifalarini bajara boshlagan. U Ikkinchi jahon urushi davrida qurilgan eski radiostansiya binosida yashagan. 2020 yilda hukumat 81 yoshli italiyalikning boshpanasini noqonuniy ta’mirlaganlikda ayblab, uning boshqa joyga ko‘chib o‘tishini talab qila boshladi.

O‘shanda Morandini qo‘llab-quvvatlovchilar petitsiyasi 70 mingdan ortiq imzo to‘plagan va Italiya hukumati uning qolishiga ruxsat bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyalik «Robinzon Kruzo» o‘zi yolg‘izlikda 32 yil yashagan orolni tark etadi