16:38 / 30.04.2021
2 792

Qirg‘iz-tojik chegarasida mahalliy to‘qnashuvlar yuz bermoqda


Foto: «Sputnik Tajikistan»
Qirg‘iz-tojik chegarasida jiddiy keskinlik o‘choqlari mavjud emas, faqat mahalliy to‘qnashuvlar yuzaga kelib, Tojikiston tarafidan provokatsiyalar uyushtirilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov «Interfaks»ga tayanib "Daryo" ma’lum qildi.

«Muzokaralar chog‘ida qo‘shinlarni olib chiqib ketish va vaziyatni hal qilish bo‘yicha harakatlarni boshlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Hozirgi paytda mahalliy to‘qnashuvlar yuz bermoqda, Tojikiston provokatsiyalaridan boshqa keskinlikning asosiy o‘choqlari yo‘q», — deydi Novikov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston hukumati vaziyatni to‘liq nazoratiga olgan.
«Hukumat jabrlanganlarga gumanitar va tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. Keskinlik o‘chog‘iga yaqin qishloqlardan mahalliy aholi, asosan ayollar va bolalar evakuatsiya qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi halok bo‘lganlarning ro‘yxatlarini aniqlab berdi. Ular orasida chegara xizmati xodimlari va tinch aholi ham bor», —dedi Novikov.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari ziddiyat bartaraf etilishi bilanoq, keyingi qadamlar ishlab chiqilishini ta’kidladi. «Otishmani to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Umid qilamizki, tojik tomoni kelishuvlarga rioya qiladi va provokatsiyalar yaratmaydi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Tojikiston hukumati chegaradagi qurolli to‘qnashuv paytida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar to‘g‘risida hali rasmiy ma’lumot bermagan.

Asia-Plus manbalariga tayanib xabar berishicha, So‘g‘dning Isfara shahri va Bobojon G‘ofurov tumanida 30 aprel kuni ertalab to‘qnashuvlar paytida 90 dan ortiq Tojikiston fuqarolari jarohat olgan, 10 ga yaqini o‘ldirilgan.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 30 aprel kuni, ertalab soat 7:50 holatiga ko‘ra, to‘qnashuv paytida 134 nafar qirg‘izistonlik turli darajada jarohat oldi, 13 kishi halok bo‘ldi. Qirg‘iziston hukumati Tojikiston bilan chegaradagi mojaro zonasidan 2726 fuqaroni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilgan.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo 28 aprel kuni mahalliy aholi o‘rtasidagi janjal bilan boshlangan edi. U esa tojikistonlik harbiylar bahsli hududda joylashgan «Golovnoy» suv taqsimlash punkti yaqinidagi elektr ustuniga videokuzatuv kameralarini o‘rnatganidan keyin kelib chiqqan. Qirg‘iziston chegara xizmatining axboroti bo‘yicha 29 aprelda ikki davlat harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan. Idora tojik tomonining minomyot hisob-kitob pozitsiyalarini egallashni tashkillashtirayotganini qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iz-tojik chegarasida mahalliy to‘qnashuvlar yuz bermoqda